Vinisiusning «Real» bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi
Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, Vinisius Junior «Liverpul»ga ham taklif qilingan. Biroq mersisaydliklar ushbu transfer bo‘yicha muzokaralarga qo‘shilmagan.
Madridning «Real» klubi va Vinisius Junior o‘rtasida shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi «Arsenal»ga o‘tishi mumkin. London klubi bunday transfer imkoniyatini o‘rganmoqda.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, Vinisius Junior «Liverpul»ga ham taklif qilingan. Biroq mersisaydliklar ushbu transfer bo‘yicha muzokaralarga qo‘shilmagan.
Qayd etilishicha, «Liverpul» hozircha asosiy e’tiborini o‘ng qanot vingeri pozitsiyasini kuchaytirishga qaratgan.
Shuningdek, Vinisiusni Saudiya Arabistoni klublari, xususan «Al-Ahli» ham o‘z safiga qo‘shib olishga urinishi mumkin.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining transfer qiymati 140 million yevroni tashkil etadi.