Vinisius “Real”ga katta moliyaviy talablar qo'ymoqda
Braziliyalik forvard o‘zining shaxsiy imij huquqlari ulushini hozirgi 50 foizdan 80 foizga oshirishga erishmoqchi.
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Juniorning kelajagi uning talab qilayotgan moliyaviy va shartnoma shartlari sababli noma’lum bo‘lib qolmoqda. Jurnalist Pepe Alvaresning ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi yangi bitim imzolash uchun 80 million yevro miqdorida imzo bonusi berilishini talab qilmoqda. Shuningdek, braziliyalik forvard o‘zining shaxsiy imij huquqlari ulushini hozirgi 50 foizdan 80 foizga oshirishga erishmoqchi.
Vinisius 2018-yilda “Flamengo”dan 45 million yevro evaziga “Real”ga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi. 2025/2026-yilgi mavsumda hujumchi madridliklar safida barcha turnirlarda 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 140 million yevroga baholamoqda.