Vinisius Juniorning jarohati jiddiy bo‘lib chiqmadi
Payshanba kuni Vinisius Fransiyaga qarshi maydonga tushib, 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
Braziliya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Junior jiddiy jarohat olmagani tasdiqlandi.
Xabarlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Fransiyaga qarshi o‘tkazilgan bellashuvda kichik jarohat orttirib olgan. yoshli futbolchi "penta kampeonlar"ning kechagi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborgan. Manbaga ko‘ra, futbolchining sog‘lig‘i bo‘yicha hammasi joyida va u bugundan mashg‘ulotlarga qaytadi. Karlo Anchelotti Vinini ehtiyot qilish uchun Xorvatiyaga qarshi bahsda uni maydonga tushirmaslik ehtimoli ham bor. Biroq futbolchi 4-aprel kuni "Malyorka"ga qarshi bahsga tayyor bo‘lishi kutilmoqda. Payshanba kuni Vinisius Fransiyaga qarshi maydonga tushib, 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 1-aprel kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi.