Vetnamda ham suv toshqinlari kuzatildi
Bugun Vetnam shimolidagi hududlardan birida yirik suv toshqinlari yuz berdi. Natijada besh kishi halok bo‘ldi va yana bir kishi esa bedarak yo‘qolgan.
“Arab news” xabar berishicha, shanba kuni kechqurun Son-La provinsiyasida kuchli yomg‘ir suv toshqinlarini keltirib chiqargan, oqibatda 22 uy vayron bo‘lgan va o‘nlab oilalar evakuatsiya qilingan.


Shuningdek, 445 gektardan ortiq ekin maydonlari va 2 ming 600 bosh chorva va parrandalar suv ostida qolgan.
M.Pirmatova, O‘zA