«Vestel Textil»da ishlab chiqarish quvvati kengaytiriladi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi «Barkamol avlod» kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan «Vestel Textil» mas’uliyati cheklangan jamiyati bolalar uchun kostyum-shim ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.'
[gallery-30373]
Korxona to‘liq quvvat bilan ishlaganda yiliga 90 ming dona, qiymati 18 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Tayyor mahsulotlar Markaziy Osiyo davlatlariga, jumladan, Tojikistonga eksport qilinmoqda. Joriy yil yakuniga qadar 100 ming AQSH dollarilik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.
Ayni paytda korxonaning ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirish, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish va mahsulotlar sifatini yuksaltirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA