Venesuelaliklar ommaviy koʻchishda davom etmoqda
Venesueladagi iqtisodiy va siyosiy inqiroz sababli mamlakatni tark etayotgan venesuelaliklar soni 2015 yildan beri 3 million nafarga yetdi.
Venesueladagi iqtisodiy va siyosiy inqiroz sababli mamlakatni tark etayotgan venesuelaliklar soni 2015 yildan beri 3 million nafarga yetdi.BMTning qochqinlar boʻyicha oliy komissari boshqarmasi vakili Uilyam Spindlerning maʼlum qilishicha, zoʻravonlik, giperinflyatsiya hamda oziq-ovqat va dori-darmon yetishmasligidan qochayotgan venesuelaliklar soni oxirgi 6 oy ichida keskin oshdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2,6 million venesuelalik qoʻshni davlatlarga koʻchib oʻtgan.
“Venesuelaliklar asosan Kolumbiya va Peru davlatlariga qochib oʻtmoqda”, deydi Uilyam Spindler. Uning aytishicha, Kolumbiya 1 million venesuelalikni qabul qilgan va bu davlatga har kun yana 3 mingga yaqin venesuelalik kelishda davom etmoqda.