Velosportchilarimiz Osiyo chempionatini 44 ta medal bilan yakunladi
Filippinda velosportning trek va para velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha poyoniga yetgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoada yetakchilikni qo‘lga kiritdi.

Qit’aning 20 ta davlatidan sportchilar va para sportchilar ishtirokida kechgan shiddatli poygalarda O‘zbekiston terma jamoasining yoshlar va kattalardan iborat sportchilari 24 ta oltin, 11 ta kumush va 9 ta bronza medal, umumiy hisobda 44 ta medalga egalik qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida ilk bor jamoaviy dasturda shohsupadan joy egallagani e’tiborli voqelik sifatida e’tirof etildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA