Velosportchilarimiz Osiyo chempionatida porlamoqda
Filippinda velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, musobaqaning navbatdagi kunida “Point race” dasturining ayollar o‘rtasida 25 kilometr (100 aylana) masofaga o‘tkazilgan poygada Nafosat Koziyeva barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasidagi “Point race” bahsida esa 25 kilometr (100 aylana) masofada Shoislom Shoakmalov uchinchi natijani qayd etib, bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, kecha qizlar o‘rtasida 20 kilometr (80 aylana) masofadagi “Medison” poygasida Yekaterina Makarochkina va Nadejda Barteneyeva juftligi ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalga sazovor bo‘ldi
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA