Velosportchilar musobaqasi
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab turli tadbirlar, xotira kechalari hamda sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Namangan viloyatida tashkil etilgan velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa ana shular jumlasidandir.
Velopoygada viloyatning barcha hududlaridan 2005-2006 hamda 2007 yilda tug‘ilgan sportchilar ishtirok etib, o‘zaro musobaqalashdi.

2005-2006 yilda tug‘ilganlar o‘rtasidagi musobaqada Qambarali Qodirov birinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. 2007 yilda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasidagi bahslarda esa omad Sarvar Rahimovga kulib boqdi. 2007 yilda tug‘ilgan yosh qizlar bahsida Mohina Adhamjonova g‘alaba qozondi.
G‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mohigul Qosimova, O‘zA