Velosportchilar Bo‘stonliqda jam bo‘ldi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining aylanma magistral yo‘lida velosportining shosse yo‘nalishi bo‘yicha V.Iskandarov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir boshlandi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining aylanma magistral yo‘lida velosportining shosse yo‘nalishi bo‘yicha V.Iskandarov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir boshlandi.
O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakatimiz velosport federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqadan ko‘zlangan maqsad velosportchilarimizni joriy yilda o‘tishi kutilayotgan nufuzli turnirlarga tayyorlash va ular o‘rtasida iqtidorli sportchilarni saralashdir.
Joriy yilning 28 fevral kuniga qadar davom etadigan mazkur musobaqada qator xorij davlatlaridan kelgan sportchilar bilan birga respublikamizning barcha hududlaridan veloshosse bo‘yicha saralab olingan mahalliy sportchilar ham g‘oliblik uchun kuch sinashadi.