Velosport: Samira va Dmitriy Osiyo chempioni
Malayziyada davom etayotgan velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha kattalar, yoshlar va parasportchilar o‘rtasida Osiyo chempionati doirasida O‘zbekiston terma jamoasi ikkita oltin va bir dona bronza medaliga ega chiqdi.
Kechagi yosh qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan omnium dasturida vakilamiz Samira Ismoilova eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Samira bugun ochko yig‘ish poygasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Erkaklar o‘rtasida tashkil etilgan skretch dasturida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Dmitriy Bocharov eng yaxshi natijani qayd etgan holda oltin medalga ega chiqdi. Ta’kidlash joizki, o‘zbekistonlik velotrekchilar shu kunga qadar erkaklar o‘rtasidagi skretch dasturida Osiyo chempionati oltin medalini qo‘lga kiritmagan edi. Dmitriy buning uddasidan chiqdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA