Velosport: jahon chempionatiga yo‘l
Shu kunlarda Buyuk Britaniyada velosport bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
E’tiborlisi, velosport bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionati musobaqalarida mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari tarixda ilk bor bu yil 16 nafar sportchi bilan ishtirok etish talabnomasini yuborishdi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarnomasida.
Bugun bo‘lib o‘tadigan bahslarda jamoamiz sharafini tajribali sportchilar Murodjon Xolmuratov va Akrom Sunnatov himoya qilishadi.
Poyga Toshkent vaqti bilan bugun 19 sentyabr kuni 17:30 da start oladi. Poygalarda velosportchilar 43,3 km masofani bosib o‘tishi belgilangan.
T. Ro‘ziyev, O‘zA