Vatanparvarlik va milliy ğurur tarannumi
“Maʼrifat haftaligi” doirasida Buxoro şahrida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan “Bayroq marşi” taşkil etildi.
Unda yoşlar, keng jamoatçilik vakillari hamda faol fuqarolar iştirok etib, qöllarida Vatanimiz mustaqilligi va suverenitetining muqaddas ramzi bölgan Davlat bayroğini baland kötargan holda, şahar köçalari böylab tantanali yurişda qatnaşişdi. Marş davomida kötarinki kayfiyat, vatanparvarlik ruhi va milliy iftixor tuyğulari yaqqol namoyon böldi.
Taʼkidlaş joizki, mamlakatimizda davlat ramzlariga hurmatni yuksaltiriş, yoş avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat va Vatan taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalaş masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Davlat rahbari ilgari surayotgan taşabbuslar negizida ham yurtga sadoqatli, milliy özligini anglaydigan, Vatan ravnaqi uçun masʼuliyatni his etadigan avlodni kamol toptiriş maqsadi mujassam.
[gallery-32367]
Zero, Davlat bayroği şunçaki ramz emas. Unda xalqimizning tarixi, buguni, orzu-intilişlari, mustaqillik ğoyasi va yoruğ kelajakka işonçi mujassam. Uni baland kötariş esa ana şu qadriyatlarga hurmat va Vatan oldidagi masʼuliyatni ifodalaydi.
Buxoroda ötkazilgan “Bayroq marşi” ham ana şu ezgu maqsadlarga xizmat qilib, yoşlar qalbida milliy ğurur, birdamlik va vatanparvarlik tuyğularini yanada mustahkamlaş, xalqimizni yagona Vatan bayroği ostida jipslaştirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), ÖzA muxbirlari