Vatanparvar liderlar (+video)
Poytaxtimizda FVV akademiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi hamda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamkorligida “Vatanparvarlik” oyligi munosabati bilan “Vatanparvar liderlar” harbiy-vatanparvarlik kvesti (sinovlari) tashkil etildi.
Tadbir yoshlarni harbiy-vatanparvarlik hamda yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat, jasorat va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash, jismoniy hamda harbiy-amaliy tayyorgarligini kuchaytirish, jamoaviy hamjihatlik va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Ishtirokchilar universitet infratuzilmasi bilan tanishdi. Shundan so‘ng harbiy-sport va harbiy-amaliy sinovlar bosqichma-bosqich tashkil etildi. Jumladan, arqon tortish, harbiy estafeta, tog‘ tayyorgarligi, turnikka tortinish, pichoq uloqtirish hamda qurollarni qismlarga ajratish va yig‘ish, otish trenajyori hamda 100 metrga suzish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Tadbir davomida har bir bosqich harbiy instruktorlar tomonidan nazorat qilinib, belgilangan baholash mezonlari asosida baholab borildi.
G‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanib, ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/sc5xoyWWHeo" title="Vatanparvar liderlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA