Vatanga xizmat qilish – muqaddas burch
Qashqadaryo viloyat hokimligi, viloyat sektor rahbarlari, viloyat tashkilot va korxonalari, muassasalari rahbarlari, harbiy qismlar komandirlari va keng jamoatchilik vakillari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qarshi shahridagi Motamsaro ona monumenti oldiga jam bo‘ldi. Harbiy orkestr jo‘rligida Motamsaro ona haykali poyiga gul chambarlar qo‘yildi. Hurmat bajo keltirildi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ishtirok etdi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha harbiylarni tabrikladi.
[gallery-21257]
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yanada kuchaytirish, harbiylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, birgina o‘tgan yilning o‘zida Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar uchun 200 xonadonga mo‘ljallangan 6 ta ko‘p qavatli uy qurilib foydalanishga topshirildi. 130 nafarga yaqin harbiy xizmatchining farzandlarini oliy ta’lim muassasalariga kirishi uchun imtiyozli tavsiyanomalar taqdim etildi.
Bu kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida davom etmoqda.
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari