Valeriy Kechinov: O‘zbekistonni yutish Ronaldu boshchiligidagi Portugaliyaga ham oson bo‘lmaydi
Shomurodov va Husanov Yevropaning kuchli klublarida o‘ynab, katta tajriba to‘pladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Valeriy Kechinov "oq bo‘rilar"ning jahon chempionatidagi ishtiroki haqida gapirdi.
"O‘zbekiston jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqishiga albatta ishonaman. Tan olaman, hozir mamlakat terma jamoasida katta ijrochilar to‘p tepmoqda. Shomurodov va Husanov Yevropaning kuchli klublarida o‘ynab, katta tajriba to‘pladi. Hatto Portugaliya terma jamoasi ham O‘zbekistonni mag‘lub etish ustida anchagina ishlashi kerak", - dedi Kechinov.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi "oq bo‘rilar" mundialning guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.