Valensiyada toshqin 62 kishini hayotdan olib ketdi
Ispaniyaning Valensiya muzofotida kuchli yog‘ingarchilik ortidan yuzaga kelgan toshqin oqibatida halok bo‘lganlar soni 62 kishiga yetdi. Bu ma’lumotni bugun mintaqaviy hokimiyat tasdiqlagan.
– Xavfsizlik va boshqa tegishli xizmatlar bilan bog‘liq idoralar tomonidan taqdim etilgan hujjatga ko‘ra, dastlabki qurbonlar 62 kishi, – deyilgan hudud favqulodda vaziyatlarni muvofiqlashtirish markazi ijtimoiy tarmoq orqali tarqatgan bayonotda. – Ayni payt jabrlanganlarni topish va shaxsini aniqlash jarayoni davom etmoqda.