Uzun tumanida yangi hokim ish boshladi
Bahrom Tursunov 1981-yil Qumqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shu kungacha Muzrabot tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi vazifasida xizmat qilgan Tursunov Bahrom Boboxonovich tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Bahrom Tursunov 1981-yil Qumqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasini tugatgan. Faoliyati davomida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tizimida turli vazifalarda ishlagan.
Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov soʻzga chiqdi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh. Kudbiyev ishtirok etdi.