Uzoq yölning muvaffaqiyatli manzili (+video)
Baʼzan katta muvaffaqiyatlar oddiy bir qadamdan – mehnat qiliş, imkoniyatni qöldan boy bermaslik va qiyinçiliklar oldida çekinmaslikdan boşlanadi. Amerika Qöşma Ştatlarining Pensilvaniya ştatidagi Filadelfiya şahrida istiqomat qilayotgan Botir Ibrohimovning hayot yöli buning yorqin misolidir.
U AQŞda yaşab kelayotganiga yigirma tört yil böldi. Bu davr mobaynida u oddiy işçi sifatida boşlagan faoliyatini izçil rivojlantirib, bugun yirik tadbirkor darajasiga kötarildi. B.Ibrohimovning erişgan natijalari zamirida esa yillar davomidagi mehnat, sabr-toqat va qatʼiyat mujassam.
Qahramonimiz uçun Amerikadagi hayot oson keçmagan, albatta. Yangi muhitga moslaşiş, turli qiyinçiliklarni yengib ötiş, öz imkoniyatlarini namoyon etiş undan katta sabr-toqat, qatʼiyat va tinimsiz mehnatni talab qildi. Biroq u har qanday sinovni matonat bilan yengib, öz oldiga qöygan maqsadlari sari dadil intildi va bugungi kunda AQŞda öz biznesini yölga qöygan muvaffaqiyatli tadbirkorlardan biriga aylandi.
Bugun u rahbarlik qilayotgan yuk taşiş kompaniyasi tasarrufida yuzdan ortiq yuk maşinasi mavjud. Albatta, xorijda öz örnini topiş, mehnat qilib, barqaror faoliyat yölga qöyiş har kimdan ham matonat talab etadi. Ayniqsa, dastlabki imkoniyatlar çeklangan şaroitda öz kuçiga tayanib iş boşlaş va uni yirik biznes darajasiga olib çiqiş sinmas iroda hamda izçil harakatni talab qiladi.
Botir Ibrohimovning hayot yöli ham ana şunday mehnat va intiliş bilan şakllangan. Uning misolida inson qayerda bölişidan qatʼi nazar, maqsad sari astoydil harakat qilsa, öz mehnati bilan munosib örin egallaşi mumkinligini köriş mumkin.
Bahodir Şaropov, ÖzA
Filadelfiya, AQŞ