Uyda oʻtirib ham muzeylarga sayr qiling...
Koronavirusga qarshi kurashishda aholining uyda qolishi soʻralmoqda.
Koronavirusga qarshi kurashishda aholining uyda qolishi soʻralmoqda. Ular vaqtini mazmunli oʻtkazishi uchun madaniy-maʼrifiy yoʻnalishlarda ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Uyda oʻtirib muzeylarga mobil sayohat qilish imkoni yaratilgani ham fuqarolarni qiziqtirishi tabiiy.
– 3d.museums.uz elektron manzili orqali 13 muzeyga 3D formatda sayohat qilish imkoni yaratildi. Endilikda har bir fuqaro oʻz mobil telefoni orqali muzeylarga sayohat qilishi mumkin boʻladi. Onlayn sayohatda har bir eksponatni alohida koʻrib, u haqida maʼlumot olish mumkin. Shu bilan birga, goskatalog.uz sayti orqali respublikamizdagi barcha muzeylarda saqlanayotgan eksponatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar joylashtirilgan, – dedi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi Mavluda Asqarxoʻjayeva.