Uychida qurilish materiallari ishlab chiqariladi
Namangan viloyati Uychi tumanidagi “Fayziobod” MFY hududida “IMRON PAINT” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 25 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
– Bo‘sh turgan sobiq pilla omboridan maqsadli foydalanish niyatida xayrli ishga qo‘l urdik, - deydi korxona rahbari Nozimjon Ahmadxo‘jayev. – Hozirda qurilish uchun zarur bo‘lgan shpaklyovka, lak-bo‘yoq, suvli bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarishga kirishdik. Seximiz kuniga 50 tonna, oyiga 1,5 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirda 30 ta ishchi o‘rni yaratildi, kelgusida ular safi yana yigirmataga ko‘payadi. Maqsadimiz – mahsulotlarimizni qo‘shni davlatlarga eksportga yo‘naltirish.
[gallery-14012]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA