Ustoz bergan har saboqning o‘z o‘rni bor (+video)
Bugungi kunda respublikamizda 30dan ortiq monomarkazlarda fuqarolarimizga 70dan ortiq kasb-hunar sirlari o‘rgatib kelinmoqda. Birgina Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida xalq xo‘jaligi uchun dolzarb bo‘lgan 40 yaqin zamonaviy kasblar o‘rgatiladi va ularga 80 nafardan ortiq ustozlar egallagan hunarini baham ko‘radi.
Hunar o‘rgatishda har bir mahoratli ustozning o‘z o‘rni, o‘z uslubi bor. Fuqarolarimizning jamiyat hayotida faol ishtirok etishlari, o‘z daromadlarini shakllantirib, kelgusida mustaqil faoliyat yuritishlari, kasb-hunarga ega bo‘lishlari uchun bu yerda ustozlar bor bilim va tajribalarini ishga soladilar. Albatta ularning ezgu sa’y-harakatlari har qancha e’tiboru-e’tirofga loyiq.
1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni barcha joylarda bo‘lgani kabi monomarkazda ham keng nishonlandi. Ustozlarning mehnati sharaflandi, ularning sha’niga dildan iliq tilaklar bildirildi. Ayniqsa, sana munosabati bilan bayram haroratini oshirgan Qurolli kuchlar markaziy ashula va raqs ansanbli ijrosidagi jo‘shqin kuy-qo‘shiqlar barchaga unutilmas ta’surotlarni qoldirdi.
Aytish kerakki, bu dargohdan ish beruvchilarning keti uzilmaydi. Sababi mana besh yildirki malakali va mahoratli kadrlar tayyorlash jarayoni tizimli yo‘lga qo‘yilgan. O‘z navbatida ustozlarning sidqidildan qilgan mehnati va bergan saboqlari natijasida bu dargohga kelgan inson borki jamiyatda tezda o‘z o‘rnini topyapti. Bayram muborak aziz ustozlar!
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ie5E4iwPr2w?si=AS84ZG-MXWjCjAdO" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA