“U.S.K.” MCHJ savdo majmuasi davlatga 4,7 milliard so‘mlik zarar yetkazdi
“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan “U.S.K.” MCHJga qarashli savdo majmuasida qoidabuzarlik holati aniqlandi.
Tekshiruv davomida hisoblagich ko‘rsatkichlarini qasddan kamaytirish maqsadida unga tashqi ta’sir ko‘rsatilgani va natijada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 4 milliard 700 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
N.Ziyodullayeva tayyorladi,
O‘zA