Urush faxriysi uyida ovoz berdi
Bugun o‘tkazilayotgan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida yurt ertasiga befarq bo‘lmagan barcha saylovchilar ishtirok etib, o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz bermoqda.
Samarqand viloyatidagi saylov uchastkalariga kun davomida nuroniylar, nogironligi bo‘lgan shaxslar ham kelib saylovda qatnashmoqda. Ayrim bemorlar va keksalar esa xonadonida turib, o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanmoqda.
Jumladan, Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Rahmat Qobilov va Raim Yusupov xonadonlariga 401 va 404-uchastka saylov komissiyalari a’zolari borib, ularga uyda turib ovoz berishlariga imkoniyat yaratishdi.

– Shu paytgacha o‘zim saylov uchastkasiga borib, ovoz berardim. Endi esa yurishim qiyin, shuning uchun komissiya a’zolarini uyimga taklif qildim – deydi Rahmat Qobilov. – Yurt rahbari saylashga hech kim befarq bo‘lmasligi kerak.
G‘.HASANOV, O‘zA