Urugvay terma jamoasi posboni Fernando Muslera rekordchiga aylandi
Darvozabon terma jamoa libosida 136ta uchrashuvda maydonga tushib, 137ta gol o‘tkazib yuborgan.
Urugvay milliy terma jamoasi darvozaboni Fernando Muslera 39 yoshida jamoa tarkibida maydonga tushdi.
Tongda Urugvay hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuvda urugvayliklar postini 39 yoshli posbon Fernando Muslera qo‘riqladi. Shu tariqa, u jahon chempionatlari tarixida Urugvay terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan eng keksa futbolchiga aylandi. Fernando 2009-yildan buyon Lotin Amerikasi vakillari tarkibida to‘p tepib kelmoqda. Darvozabon terma jamoa libosida 136ta uchrashuvda maydonga tushib, 137ta gol o‘tkazib yuborgan. Bundan tashqari, 52ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Urugvay terma jamoasi mundialning ikkinchi turida 22-iyun kuni Kabo-Verdega qarshi maydonga tushadi.