Urgutda 8 ming o‘rinli masjid ochildi
Urgut tumani Mergancha mahallasida saxovatpesha insonlar ko‘maligida bunyod etilgan yangi markaziy masjidni foydalanishga topshirish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi va tuman ahlini yangi masjid bilan tabrikladi.
Umumiy maydoni 1,06 gektar bo‘lgan masjid ikki qavatdan iborat. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 8 mingga yaqin namozxon ibodat qilishi imkoniyatiga ega. Masjidning o‘rtasida 36 metr balandlikda gumbaz qilingan. Binoning to‘rt burchagida 40 metr balandlikdagi minoralar qurilgan.
Bu yerda zamonaviy tahoratxona, imom xatib va boshqa xodimlar uchun barcha qulayliklarga ega ma’muriy bino ham mavjud.


G‘.HASANOV, O‘zA