Universitetlar o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Navoiy davlat universitetida Qozon federal universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida hamkorlik memorandumi, shuningdek, iqtisodiyot yo‘nalishida magistratura bosqichida 1+1 shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Mazkur dastur doirasida magistrantlar ikki universitetning akademik imkoniyatlaridan foydalanish, xalqaro ta’lim muhitida tahsil olish hamda zamonaviy bilim va kompetensiyalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, qo‘shma ilmiy loyihalar, akademik mobillik, ilmiy tadqiqotlar hamda xalqaro grantlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri