Universitetda “Tanishtiruv haftaligi”
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga qabul qilingan talabalar ishtirokida “Tanishtiruv haftaligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Ma’lumki, Prezidentimizning joriy yilning 15 aprelidagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan Milliy gvardiya harbiy-texnik instituti O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil qilinib, malakali kadrlarni maqsadli tayyorlashni amalga oshiruvchi bazaviy oliy harbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.

Tadbirda mamlakatimizning tinchligi va osoyishtaligiga bo‘lgan har qanday tahdidlarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini ilg‘or xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga a’lohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Tadbir davomida talabalar universitet binolari va ta’lim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quv-uslubiy, tarbiyaviy- mafkuraviy, reyting tizimiga oid va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan ham bilan yaqindan tanishtirildi.
Talabalar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etilib, universitet orkestr jamoasi tomonidan musiqiy chiqishlar namoyish etildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA