Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda
Joriy yil 29-sentabrdan respublikamizning barcha hududlarida umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilmoqda. Xususan, fizika fanidan test sinovlari boshlandi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur imtihonlarning e’tiborli jihati – talabgorlar fizika fanidan milliy sertifikat imtihonini ilk bor kompyuterda topshirmoqda.
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etilayotgan mazkur jarayon imtihonlarni yanada qulay, shaffof va samarali o‘tkazishni ta’minlaydi.
Imtihonlar respublikaning barcha hududlarida belgilangan tartibda davom etmoqda.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA