Umr yo‘ldir... bir tutam yo‘l (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro miqyosda taniqli va e’tirof etilgan olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Behzod Yo‘ldoshev 2024 yilning 28 avgust kuni 79 yoshida vafot etdi.
Olimning shogirdlari va hamkasblari go‘zal xotiralar bilan uni yodga oldi.
– Bugun yonimizda yurgan insonlarning g‘animat ekanligini bilmaymiz. Umr yo‘ldir... bir tutam yo‘l. Behzod Sodiqovich Yo‘ldoshev nafaqat rahbar va olim, chin inson edilar, – deydi matbuot xizmati rahbari Gulnoza Sharafova. – Katta va kichikka, yaxshi va yomonga birday munosabatda bo‘lganlari har birimiz uchun o‘rnakdir. Ular haqida xotira kitobi va film yaratish niyatimiz bor...
Fanlar akademiyasi matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlangan Behzod Yo‘ldoshev xotirasiga bag‘ishlangan suhbatning to‘liq qismini O‘zAning You Tube sahifasida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/wFiF_g0rO98?si=NzlB9RuXSPB-Rh9_" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Rahmonova,
N.Abduvoitov,
U.To‘xtayev (video) O‘zA