Ulkan bayroq bilan Registondan Ko‘ksaroygacha
Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar Registon maydonidan boshlandi.

20x40 o‘lchamdagi ulkan bayroqni ko‘targan harbiylar, yoshlar, ichki ishlar va milliy gvardiya boshqarmalari otliqlari, texnika vositalari Ko‘ksaroy maydoni tomon harakatlandi. Ushbu maydonda o‘rnatilgan yirik bayroq ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Oliy Majlis Senati a’zosi F.Toshev, viloyat hokimi o‘rinbosari X.Ochilov tadbir ishtirokchilarini tabrikladi.

Taniqli shoir va yozuvchilar hamda san’atkorlarning chiqishlarida Vatanimiz bayrog‘i madh etildi.
G‘.HASANOV,
A.ISROILOV (surat), O‘zA