Ukrainaga nechta qiruvchi samolyot beriladi?
Ukraina Niderlandiyadan oltita F-16 qiruvchi samolyotini oldi, deb yozdi “Times” gazetasi manbalarga tayanib.
Nashr tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, tez orada Ukraina Daniyadan ham F-16 jangovar samolyotlarini oladi.
Avvalroq “Blumberg” agentligi NATO ajratgan bir necha qiruvchi samolyot Ukrainaga yetib kelganini oshkor qilgandi. Britaniyada chiqadigan “Telegraph” gazetasi esa ukrainalik uchuvchilar yangi samolyotda ilk parvozni amalga oshirgani haqida yozdi.
O‘z navbatida, Belgiya tashqi ishlar vaziri Aja Lyabib ham shunday uchoqlarning 30 tasi 2028 yilgacha Kiyevga yetkazilishini ma’lum qilib, dastlabki to‘plam joriy yil yuborilishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.