Ukrainada yangi Bosh vazir tayinlandi
Ukraina Oliy Radasi Sergey Koretskiy nomzodini mamlakat Bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi. Ushbu nomzod uchun 289 nafar deputat ovoz berdi.
Koretskiy avval “Naftogaz” va “Ukrnafta” rahbari lavozimlarida ishlagan.
Yangi mulozim armiyani to‘liq ta’minlash, mudofaa sanoati salohiyatini oshirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va front jamoalariga yordam ko‘rsatish hukumatning asosiy vazifasi ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, biznesni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, xorijiy yordamdan samarali foydalanish va uy-joy dasturlarini amalga oshirish ham ustuvor yo‘nalishlar etib belgilangan.
Sobiq Bosh vazir Yuliya Sviridenko 14-iyul kuni iste’foga chiqarildi. Zelenskiy yangi hukumat rahbari sifatida aynan Sergey Koretskiy nomzodini taklif qilgan.
D.Hakimov, O‘zA