UEFA Millatlar ligasining sovrindorlari bir kunda aniqlanadi
Xabaringiz bor, UEFA Millatlar ligasining hal qiluvchi final bahsida Ispaniya – Fransiya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Shuningdek, musobaqaning uchinchi o‘rni uchun Italiya va Belgiya jamoalari o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa tashkilotchilari tomonidan har ikkala uchrashuv bir kunda bo‘lib o‘tadi. Unga ko‘ra, Italiya va Belgiya jamoalari bahsi Turin shahridagi “Allianz Stadium”da, Ispaniya hamda Fransiya termalari o‘rtasidagi o‘yin Milan shahridagi “San siro” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Shunday qilib, 10 oktyabr kuni soat 18:00da Italiya hamda Belgiya, 23:45da Ispaniya – Fransiya ishtirokida turnirning hal qiluvchi o‘yini bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA