U-23 Osiyo chempionati qatnashchilari ma’lum
Kelgusi yilning 1-19 iyun kunlari O‘zbekiston futbol bo‘yicha navbatdagi U-23 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur qit’a o‘yinlarida qatnashish uchun kurashib, Toshkent “chiptasi”ni qo‘lga kiritgan jamoalarning to‘liq ro‘yxati ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston, Avstraliya, BAA, Vetnam, Malayziya, Janubiy Koreya, Kuvayt, Iordaniya, Iroq, Qatar, Tailand, Turkmaniston, Tojikiston, Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Eron davlatlarining terma jamoalari mamlakatimiz poytaxtida tashkillashtiriladigan chempionatda qatnashish huquqiga ega chiqishdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA