Turnir qizg‘in davom etmoqda
Poytaxtimizda o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha an’anaviy “Toshkent qishi” turnirida beshinchi tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha an’anaviy “Toshkent qishi” turnirida beshinchi tur bahslari bo‘lib o‘tdi.Shveytsarcha tizimda to‘qqiz turdan iborat musobaqaning “A” guruhida Boris Lebedev 5 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. U Sirojiddin Mahammatov, Mohir Kashayev, Maftuna Mamatqulova, Inomjon Shoymurodov, Georgiy Shvanovni mag‘lubiyatga uchratdi. Boris oltinchi partiyani Fozil Jamolovga qarshi o‘tkazadi.
Fozil Jamolov 4,5 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Nodirbek Yoqubboyev, Alisher Bekmurodov, Saidakbar Saydaliyev, Aleksandr Agishev hisobida 4 ochko bor.
“B” guruhida Hadiyatullo Muhammedov o‘tgan beshta turda Sohibjon Elmurodov, Azizbek Chorshanbiyev, Shodiyor Shukraliyev, Xondamir To‘ychiyev, Umida Omonovani yengib, 5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Muslimbek Abdurahimov, Sitora Safarova va Bobur Eshboyev hisobida 4,5 ochko bor.