Turnir g‘alaba bilan boshlandi
Turkiyaning Antaliya shahrida davom etayotgan taekvondo (WTF) bo‘yicha “Turkish Open – 2016” xalqaro turnirida sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Turkiyaning Antaliya shahrida davom etayotgan taekvondo (WTF) bo‘yicha “Turkish Open – 2016” xalqaro turnirida sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilinishicha, tajribali sportchimiz Nikita Rafalovich barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘lgan. Jasur Boyqo‘ziyev va Maksim Rafalovich kumush medal bilan taqdirlangan.
Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Madinabonu Mannopova va Svetlana Osipova ikkinchi, Charos Qayumova, Nigora Tursunqulova va Go‘zal Norboboyeva uchinchi o‘rinni egallagan.