Turkiyada o‘rmon yong‘ini 78 foiz ko‘paydi
Turkiyada 1 yanvardan 19 avgustgacha o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 78 foiz ko‘p, ya’ni 2529 marta o‘rmon yong‘ini qayd etilgan. Bu haqda ushbu mamlakat O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, “AzerTAJ” xabar bergan.
Hisobotda bu yil sayyoramizda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq rekord darajadagi issiq havo kuzatilganiga e’tibor qaratilgan.
– Joriy yil Turkiyadagi yong‘inlar 17 456 gektar o‘rmonni yo‘q qildi. O‘tgan yilning shu davrida ayni ko‘rsatkich ikki barobar kam – 8 865 gektar edi, – deyilgan xabarda.
Faqat avgust oyida 439 bor o‘rmonga o‘t ketish holati ro‘yxatga olingan.
Ekologlar qayd etishicha, Turkiyada 13-14 oy davomida harorat me’yordan oshib ketgan.