Turkiya yangi ballistik raketasini namoyish etdi
Turkiya Mudofaa vazirligi “SAHA” mudofaa sanoati ko‘rgazmasida 6 ming kilometr masofaga ucha oladigan “Yildirimhan” qit’alararo gipertovushli ballistik raketasini namoyish etdi.
Ta’kidlanishicha, raketa yoqilg‘i sifatida dinitrogen tetroksidi N2O4 dan foydalangan holda to‘rtta dvigatel bilan harakatlanadi va 3 tonnagacha portlovchi moddalarni tashishi mumkin.
– Hech kim shubha qilmasinki, agar zarur bo‘lsa, biz uni albatta ikkilanmasdan ishlatamiz, -dedi mamlakat mudofaa vaziri Yasar Guler.
S.Rahimov, O‘zA