Turkiya va Armaniston vakillarining Moskvadagi uchrashuvi
Turkiya tashqi ishlar vazirligi Armaniston vakillari bilan Moskvadagi uchrashuv ijobiy va konstruktiv muhitda o‘tganini e’tirof qildi.
TASS xabarida ko‘ra, turk tashqi ishlar mahkamasi tarqatgan bayonotda tomonlar oldindan shartlarsiz muzokaralarni davom ettirishga kelishib olgan. “Bu munosabatlarning to‘liq me’yoriy holatga qaytishi uchun muhim”, deyiladi bayonotda.
Armaniston tashqi ishlar mahkamasi ham Turkiya bilan maxsus vakillar uchrashuvini ijobiy va konstruktiv deb atadi, tomonlar munosabatlar izga tushishi uchun muhim fikrlar almashinuvi bo‘lganini ma’lum qildi.