Turkiya ilg‘or raketa tizimini namoyish qildi (+video)
Turkiya mudofaa sanoati yangi bosqichga chiqayotganini ko‘rsatuvchi yana bir loyiha taqdim etildi. Milliy mudofaa vazirligi qoshidagi ilmiy-tadqiqot markazi “SAHA 2026”ko‘rgazmasida mamlakatning ilk qit’alararo ballistik raketasi — “Yidirimhan”ni namoyish qildi.
Anadolu agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur raketa yuqori tezlik va uzoq masofa imkoniyatlari bilan ajralib turadi. U 25 mak tezlikka yetishi va qariyb 6 ming kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin. Tizim suyuq azot tetraoksidi yoqilg‘isida ishlaydi va to‘rtta dvigatel orqali harakatga keltiriladi.
Yangi ishlanma Istanbulda o‘tayotgan xalqaro mudofaa va aviatsiya ko‘rgazmasi doirasida taqdim etildi. Unda mahalliy va xorijiy kompaniyalar, harbiy delegatsiyalar hamda ekspertlar ishtirok etmoqda.
Mutaxassislar fikricha, “Yildirimhan” loyihasi Turkiyaning raketa texnologiyalari va umumiy mudofaa salohiyatini izchil rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/N2XM7GgWs64" title="Turkiya ilg`or raketa tizimini namoyish qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA