Turizm sohasi uchun yangi investor
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev Qatarning “Power International Holding” kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Moris Gattas bilan uchrashdi.
Uchrashuv O‘zbekistonning turizm imkoniyatlarini ochib beruvchi taqdimot bilan boshlandi. Unda so‘nggi yillarda turizm sohasida amalga oshirilgan islohotlarga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning turizm infratuzilmasini rivojlantirish, xususan, mamlakatimizning tarixiy shaharlarida mehmonxonalar, tezyurar poyezdlar uchun temir yo‘llar va Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘li qurilishi, shuningdek, Toshkent viloyatida xalqaro mavsumiy tematik parklarni yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun Qatar investitsiyalarini jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA.