Turizm salohiyati xorijliklar e’tiborida
Joriy yilning 18 – 20 mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “MITT – 2025” Xalqaro turizm va mehmondo‘stlik sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, jumladan, Toshkent viloyati delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Jarayonda viloyat delegatsiyasi vakillari Rossiyaning Ivanov viloyatining Turizm va mehmondo‘stlik ilmiy markazi bilan ikki tomonlama hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Tatariston Turizm vazirligi bilan ham memorandum imzolanib, hamkorlikni kengaytirish va turistlar oqimini oshirish yuzasidan kelishib olindi.


Ta’kidlash lozimki, mazkur xalqaro ko‘rgazma 30 yildan beri o‘tkazilib kelinadi. Bu turizm sohasidagi eng yirik va ahamiyatli “V2V” shaklidagi tadbirlardan biri bo‘lib, har yili dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan turizm sohasi mutaxassislarini bir joyga jamlaydi.


Yarmarka doirasida Toshkent viloyatining turizm salohiyati keng yoritildi, madaniy chiqishlar sahnalashtirildi. Shu bilan birga, hududdagi tadbirkorlik sub’ektlari ham ko‘plab kelishuvlarga erishdi. Yarmarkada viloyatga tashrif buyurish istagi bildirganlar ko‘pchilikni tashkil etdi. 15 dan ortiq turoperatorlar bahor oylaridayoq maxsus turlar tashkil etishlarini bildirdi.
Toshkent viloyati turizm delegatsiyasi bu yil davomida yana ko‘plab shu kabi xorijiy yarmarkalarda ham ishtirok etishni rejalashtirgan.
A.Musayev, O‘zA