Turayeva Shaxlo Norboy qizining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Paxtani samarali tozalashni ta’minlovchi separator-tozalagich konstruksiyasini ishlab chiqish” mavzusida
Turayeva Shaxlo Norboy qizining 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnik tizimlari ixtisosligi bo‘yicha “Paxtani samarali tozalashni ta’minlovchi separator-tozalagich konstruksiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati xuzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30/30.11.2021.T.141.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil 27 noyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100070, Toshkent sh., Shota Rustaveli ko‘chasi, 8-uy.
Tel.: (+99871) 207-04-03; faks: (+99871) 256-04-21
e-mail: info@paxtasanoatilm.uz