Tungi reyd: Tozalash filtri nosoz holatda (+video)
Toshkent viloyati Zangiota tumanida atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik me’yorlarni ta’minlash maqsadida navbatdagi ekoreyd tadbirlari tashkil etildi.
Reyd davomida tumanning "Ahmad Yassaviy" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan issiqxonalar holati o‘rganildi.
Tekshiruvlar jarayonida hududda joylashgan issiqxonalardan birida havoni tozalash filtri nosoz holatda ekani aniqlandi. Mutasaddilar ushbu holat atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi.
Shuningdek, mazkur mahalladagi yana bir issiqxona faoliyati ham o‘rganilganda, undagi tozalash filtri ham talab darajasida ishlamayotgani, ekologik va texnik me’yorlarga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi.
Aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan issiqxona egalariga tegishli tartibda jarima qo‘llanildi va kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur choralar buyicha kursatmalar berildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FnYRB7LzUjs" title="Tungi reyd: Tozalash filtri nosoz holatda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Hamroz Bayanov, Oybek Davronov (video), O‘zA