Tunda ko‘plab mamlakatlarda Instagram ishdan chiqqan
Qator mamlakatlarda Instagram foydalanuvchilari tarmoqda nosozliklar yuz berganini xabar qilmoqda.
Internet-resurslarning uzilishini kuzatib boruvchi Downdetector tunda platforma ishdan chiqqanini ko‘rsatgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoq tunda Moskva vaqti bilan soat 02:00 dan keyin ishlamagan.
Instagram platformasida kuzatilgan hatoliklarning 47 foizi avtorizatsiya, 42 foizi yuklash va 12 foizi veb-sayt bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.
AQSH, Kanada, Braziliya, Argentina va Buyuk Britaniya kabi ko‘plab mamlakatlar foydalanuvchilari nosozliklar haqida xabar tarqatib, shikoyat qilgan.