Transport-logistika sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaymoqda
Turkmanistonning Ashxobod shahrida Yevropa Ittifoqi ko‘magida Yevropa Ta’lim jamg‘armasi (ETF) tomonidan tashkil etilgan DARYA loyihasi Yuqori darajadagi guruhining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston delegatsiyasiga kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Alisher Muratov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasi jahon iqtisodiy tizimida muhim tranzit va logistika maydoniga aylanib bormoqda. Bu jarayonda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik, xususan, yangi xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish borasidagi qo‘shma tashabbuslar alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Uchrashuvda milliy malaka tizimini rivojlantirish, kasbiy standartlarni joriy etish, Litva bilan Code 95 sertifikatlash tizimi, "yashil" ko‘nikmalar va elektr transporti yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra, tomonlar ko‘nikmalarni rivojlantirish va transport tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlashni nazarda tutuvchi mintaqaviy harakat rejasini kelishib oldilar.
Shuningdek, transport-logistika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash va mintaqada malaka sertifikatlarini o‘zaro tan olish masalalari ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunida ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy "Yo‘l xaritasi" kelishib olindi.
Gulnoza Boboyeva,O‘zA