Transformator podstansiyalari ishlab chiqaruvchi korxona
Bu yerda 6-10 kv quvvatga ega boʻlgan transformator podstansiyalari ishlab chiqariladi.
Nukus shahridagi “Nukuselektroapparat” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2017-yil Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlaridan biri sifatida samarali faoliyat yuritmoqda.
Bu yerda 6-10 kv quvvatga ega boʻlgan transformator podstansiyalari ishlab chiqariladi. Eng ilgʻor texnologiya va uskunalar bilan jihozlangan korxonada jami 230 nafar ishchi mehnat qilmoqda.
Korxona faoliyati oʻz navbatida, Orol boʻyi aholisining elektro energiya bilan uzluksiz taʼminlanib borishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirda korxonada ishlab chiqarilayotgan transformator podstansiyalari “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan shartnoma asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorezm viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yetkazib berilmoqda.


