Tramp nega O‘monni bombardimon qilish bilan tahdid qildi (+video)
Tramp agar O‘mon sultonligi Vashington va Tehronning Hurmuz bo‘g‘ozi muzokaralariga xalaqit bersa, AQSH O‘monni ayamay bombalashini aytgan. Bu haqda AQSH prezidenti Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar berdi DW nashri.
Ma’lumki, O‘mon sultonligi Tehron bilan Hurmuz bo‘g‘ozidagi kemalar harakatini birgalikda nazorat qilish masalasida muzokara olib bormoqda. Aslida, gap ikki davlat bo‘g‘ozni rasman bo‘lib olib boshqarish emas, balki kemalar harakatini xavfsiz tashkil etish va nazorat qilish mexanizmi haqidagi muzokaralar haqida gap ketmoqda.
Bu holatni AQSH ma’muriyati Eron va AQSH o‘rtasidagi muzokaralar jarayoniga xalaqit berish, deb baholamoqda.
Shuningdek, 17avgust kuni AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar uchun belgilangan 60 kunlik muddat tugadi. Bu muddat iyun oyida G7 sammiti doirasida Donald Tramp imzolagan o‘zaro anglashuv memorandumida belgilangan edi.
Ushbu 60 kun davomida Vashington va Tehron Eronga qarshi sanksiyalar, Eronning yadroviy dasturi va boshqa masalalar bo‘yicha kelishuvga erishishi kutilgan edi. Biroq, bu muddat oralig‘ida kutilgan kelishuvga erishilmadi.
17-avgust kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida Tramp Eronni «oq bayroq ko‘tarib, taslim bo‘lishi kerak», dedi. Shuningdek, u muzokaralar uchun yangi muddat belgilash niyati yo‘qligini ma’lum qilgan.
17-avgust kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi. U Trampni mintaqadagi vaziyatni yumshatish uchun Eron bilan muzokaralarni davom ettirishga chaqirgan. Erdog‘an, shuningdek, Anqara muzokaralarga vositachilik qilishga tayyorligini bildirdi.
Turkiya prezidenti matbuot xizmati tarqatgan bayonotga ko‘ra, ikki davlat rahbari boshqa masalalarni ham muhokama qilgan. Ular orasida G‘azo sektoridagi urush, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasida imzolangan mudofaa pakti, shuningdek, Turkiya va AQSH o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar bor.
<iframe width="1431" height="805" src="https://www.youtube.com/embed/VUpZW1bW4XY" title="Tramp nega O‘monni bombardimon qilish bilan tahdid qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA