To‘ynazarova Iroda Abduboqiyevnaning biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Mirzacho‘l hududi suv tiplari ayrim gidrobiontlar populyatsiyalarini tarqalishi va ularni baholash” mavzusida
To‘ynazarova Iroda Abduboqiyevnaning 03.00.10 – Ekologiya ixtisosligidan “Mirzacho‘l hududi suv tiplari ayrim gidrobiontlar populyatsiyalarini tarqalishi va ularni baholash” mavzusidagi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/27.02.2020.B.01.15 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 15 mart kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor t., Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi 4-uy.O‘zbekiston Milliy universitetining Biologiya va Ekologiya fakulteti binosi, 2-qavat. 203-xona.
Tel./faks: (+99871) 246–02–24; (+99871) 246–58–34;
e-mail: devonxona@nuu.uz